Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu qatorasiga ikkinchi marta Evropada yilning eng yaxshi sportchisi bo'ldi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa qitasining 2017 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu haqda madridliklar klubi rasmiy sayti xabar bergan.

Portugaliyalik 32 yoshli futbolchi 26ta xalqaro informatsion agentliklar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada birinchi o'rinni egalladi. Keyingi o'rinlarni "Formula-1" chempioni Lyuis Hemilton, tennischilar Rojer Federer va Rafael Nadal band etdi.

Shu tariqa, 1958 yildan buyon Polshadagi PAP axborot agentligi tomonidan topshiriladigan ushbu mukofotni Ronaldu ikkinchi marta qo'lga kiritmoqda.

2017 yilda Ronaldu "Real" bilan Ispaniya chempioni, Chempionlar ligasi g'olibi, klublar o'rtasidagi chempionat g'olibi, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. U shuningdek, Portugaliya terma jamoasi bilan 2018 yilgi jahon chempionatiga yo'l oldi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.