Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Lukaku: "Maqsadim Ronaldu darajasiga etish"


Manchester Yunayted hujumchisi Romelu Lukaku mashg'ulotlarga munosabati haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu? Men hali uning darajasiga etganim yo'q, ammo aynan shu maqsadda tinmay shug'ullanyapman. Endi 24 yoshga to'ldim va hali o'rganadigan narsalarim juda ko'p deb hisoblayman. Eng yaxshi o'yinlarim hali oldinda deb umid qilaman.

Maqsadimga etish uchun ulkan ishni amalga oshirishim, o'z ustimda tinmay mehnat qilishim zarur. Va bu fikr menga huzur bag'ishlamoqda. Men kechagidan yaxshiroq bo'lishim mumkin va aynan shu narsa meni ruhlantiraveradi.

Hech qachon o'zimni juda kuchli futbolchi bo'ldim va buyog'iga mashg'ulot qilmasam ham bo'laveradi deb hisoblamayman. Aksincha, har qanday futbolchi, qanchalik kuchli bo'lmasin, mehnat qilsa yanada o'yinini kuchaytirishi mumkin",
- deydi Lukaku.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi bir necha kun oldin bo'lib o'tgan Manchester shahri derbisida gol urishga muvaffaq bo'lgandi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Romelu Lukaku, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.