Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Evra: "Ronaldu sizni tushlik uchun uyiga taklif qilsa, rad eting"


"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra "Real" forvardi Krishtianu Ronaldu tushlik taklif qilsa, rad etish kerakligini aytdi.

"Hammaga maslahat bermoqchiman: Krishtianu sizni tushlik uchun uyiga taklif qilsa, rad eting.

U menga shunday degan: "Patris, mashg'ulotdan so'ng mening uyimga boraylik". Rozi bo'ldim, juda charchagan edim. Stolda faqat salat va oddiy tovuq turgandi. Yana suv ham bor edi.

Tanovul qilishni boshladik va bundan so'ng maza qilib go'sht esak kerak deb o'yladim, biroq hech narsa olib kelinmadi. U to'xtaganidan so'ng, to'p bilan biroz fint qilib, menga shunday dedi: "Ketdik o'ynaymiz".

"Oxirigacha eb olay" - deyishimga qaramasdan meni futbol o'ynagani olib ketdi. Futboldan so'ng hovuzda suzdik, keyin jakuzi, sauna.

Unga shunday dedim: "Ronaldu bu erga nega keldik? Ertaga o'yinimiz bormi yoki tushlikka keldikmi?"

SHu sababli Ronaldu uyiga taklif qilsa, bormaslikni maslahat beraman. CHunki u mashina, u uyida ham shug'ullanishda davom etadi",
- deydi Evra.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu, Patris Evra
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.