Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Sanchesni qo‘ldan chiqargan Venger "Arsenal"ga Asensio olib kelmoqchi


Bundan biroz avval xabar berganimizdek Londonning“Arsenal”klubi hujumchisi Aleksis Sanchesayni damda PSJ bilan muzokaralarni yakunlash maqsadida Parij shahrida bo‘lib turibdi.

Agar chililik hujumchi jamoadan ketadigan bo‘lsa, u holda Arsen Venger “Real” a’zosi Marko Asensioni “kanonirlar” safiga olib kelishni rejalashtirmoqda.

The Sun nashrining ma’lum qilishicha 21 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘zi ham bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqishga qarshi emas. Boisi, “qirollik klubi” unga mavsum davomida asosiy tarkibdan jo va’da qilmayapti.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Asensioning amaldagi shartnomasiga ko‘ra tovon puli 150 mln evroni tashkil etadi. Uning “Real” bilan kelishuvi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Manba: www.sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Arsen Venger, Marko Asensio
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (3)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.