Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real": Asensioning narxi - ??? mln evro


Uni sotib olish deyarli imkonsiz.

Londonning "Tottenxem" klubi "Real" vingeri Marko Asensioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” 23 yoshli ispaniyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida sotib olishmoqchi. Biroq, “qirollik klubi” iste’dodli futbolchisini qo‘yib yuborishni xohlamayapti. “Real” rahbariyati APL grandiga Asensioning narxi 700 mln evro ekanini aytgan.

Boisi, futbolchining shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli belgilab qo‘yilgan.Ta’kidlash kerakki, Asensoga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan katta umid bog‘lamoqda.

Ma’lumot uchun, Marko Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golliuzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Manba: www.sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Marko Asensio, Real Madrid, Tottenxem
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.