Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"El-klasiko" xavf ostida, yoxud "Barselona" boshqa chempionatga o'tib ketadimi?


Agar Kataloniya Ispaniyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsa, "Barselona"ning o'zi aynan qaysi chempionatda to'p surish masalasini ko'rib chiqadi.

"Bu haqda Kataloniya sport vaziri Jerar Fieras gapirib o'tdi. Uning fikriga bu chempionatlar Angliya, Fransiya yoki Italiya kabi qo'shni davlatlar ham bo'lishi mumkin. "Barselona", "Espanol" va "Jirona" bu masalani o'zaro hal qilib olishlari kerak: Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishadimi, yoki Italiya, Fransiya yoki Angliya chemipionatlaridan birini tanlashadimi. UEFA bir jamoaning o'z milliy chempionatida emas, boshqa mamlakat chempionatida ishtirok etishiga qarshilik qiladi deb o'ylamayman", — deya Fierasning so'zlaridan iqtibos keltiradi Britaniya "Mirror" nashri.

Amaldorning so'zlariga ko'ra, bunda hech qanday o'ylanadigan jihatlar yo'q. Oddiy misol sifatida Andorraning "Andorra" nomli jamoasi allaqachon Ispaniya chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Ular hozir beshinchi divizionda to'p surishmoqda. Boshqa bir misol "Monako" ular Fransiya chempionatida to'p surishmoqda.

Eslatib o'tamiz, 1 oktabr kuni Kataloniyada hududning Ispaniyadan ajralib chiqib, mustaqqil bo'lishini yoqlash yoki rad etish bo'yicha referendum tashkil qilinadi. Ispaniya konstitutsion sudi ularning qarorini noqonuniy deb topgan, ammo Kataloniya hukumati sudning bu qarorini tan olmayapti.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: Galakticos |
Teg: EL Klassiko
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.