Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eshitdik-da: "Real" bir yo'la besh futbolchini sotib yubormoqchi


Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning bir yo'la 5 nafar futbolchini sotishga qaror qildi. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarda yozilishicha, "Qirollik klubi" yaqin kelajakdagi ikki transfer oynasi vaqtida 5 nafar futbolchi bilan xayrlashadi. Bular yarimhimoyachi Markos Lorente, vingerlar Lukas Vaskes va Garet Beyl hamda hujumchilar Karim Benzema va Borxa Mayoral.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, "Real" Garet Beylni sotish uchun uning narxini 70-80 mln evrogacha tushirishga tayyor ekani haqida xabarlar chiqqandi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Markos Lorente, Lukas Vaskes, Garet Beyl, Karim Benzema, Borxa Mayoral
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.