Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" Neymarni qo'lga kiritish uchun yulduzlarini sotishga ham tayyormi?


Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa etakchilaridan biri Garet Beylni Xitoyga sotishga tayyor. Bu haqda "Don Balon" nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchi uchun 95 million evro to'lashga tayyor bo'lib turgan "Guanjou Evergrand"ning taklifi klub prezidentiga maqul kelmoqda. Peres 28 yoshli uelslik futbolchini transfer qilish orqali "PSJ" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning transferini amalga oshirishni tezlashtirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq, ingliz matbuoti uelslik futbolchi uchun "Tottenhem", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotganini malum qilgandi.

Jarohati sabab Beyl joriy mavsumning katta qismini ham o'tkazib yubordi. Hozirda uning hisobida 15 uchrashuvda, kiritilgan 7 gol va 5ta golli uzatma mavjud.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Garet Beyl, PSJ, Neymar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.