Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Peres "Real"ning oxirgi natijalariga qanday munosabatda


Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Atletik"ga qarshi golsiz durangdan keyin bayonot berdi.

● "Siz o'ziga xos hodisa guvohisizlar. Bizning klub 12 marta Evropa chempionlar kubogini qo'lga kiritgan. Bu jamoa muxlislar xotirasida o'chmas iz qoldiradi. Biz amalga oshirib bo'lmas ishni — Chempionlar ligasida qatorasiga ikki marta g'olib bo'lishni uddaladik, bu turnir g'olibligini 4 yil ichida 3 marta qo'lga kiritdik.

Oxirgi g'alabamiz tarixdagi eng yaxshi natijaga aylandi. Biz bu mavsum avvalida Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogida zafar quchib bo'ldik. Bu ajoyib jamoa ajoyib murabbiy bilan, qaysiki bugungi kunda klub ramziga aylangan murabbiy bilan yangi orzular qilishda davom etadi.

Zidan — bu jamoaning eng yaxshi murabbiyi. Ronaldu ham. Krishtianu — "Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar, u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, tez orada o'zining beshinchi "Oltin to'p"ini qo'lga kiritadi.

Biz 115 yillik tariximizda dunyo futbolida etalon bo'lib kelganmiz. Birdamliksiz biz qiyin davrlarda muvaffaqiyatga erisha olmagan bo'lardik. Sadoqat va ishonch — "Real"ning asosidir. Biz dunyodagi eng muxlisi ko'p klubmiz. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz, bizning klubimiz asosiy — o'zaro hurmat, jamoaviy ish va birdamlikdir",
— deya Peresning so'zlarini keltirgan Marca.

"Real" Ispaniya chempionatining 15 turidan keyin 28 ochkosi bilan turnir jadvali peshqadami "Barselona"dan 8 ochko ortda qolgan holda to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Florentino Peres
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.