Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidanning ehtimoliy istefosiga munosabat bildirildi


"Arsenal" va "Barselona"ning sobiq futbolchisi, ayni vaqtda televidenieda futbol eksperti sifatida faoliyat ko'rsatayotgan Terri Anri "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanni "el klasiko"dagi mag'lubiyatdan keyin qo'llab-quvvatladi.

"Men Zidan "Real"ga kelgan vaqtlarni eslashni yoqtiraman. U Benites harakat qilgan narsani uddaladi – Kasemironi asosiy tarkibga kiritdi. Fanatlar Zinedinga buning uchun imkon berishdi. Zidanning "qaymoqranglilar" jamoasiga kelishining ilk davrida jamoa muxlislar istaganidek tomoshabop o'yin ko'rsatmagandir, ammo g'alabalarga erishilgandi. Shuning uchun Zidanni ajoyib taktik deyish mumkin.

Zizu o'rta chiziqni kuchaytirish kerakligini bilardi, u bu chiziqqa 4 futbolchi o'rniga 5 futbolchi qo'ydi. U shunday taktikani jamoaga singdirdirdi va qatorasiga ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. "El klasiko"dagi oxirgi 45 daqiqani ham "Real" yomon o'tkazmadi.

Murabbiy o'yin uchun taktik reja tuzishga haqli, jamoa esa maydonda murabbiy ko'rsatmalarini bajarishi lozim. Men hamisha murabbiylar qanchalik yaxshi ishlamasin, futbolchilar uning rejalarini amalga oshira olmasligidan afsuslanaman. Men Zidanni bu mag'lubiyatda oqlamoqchi emasman, ammo o'ylaymanki, u klub uchun katta ish qilib qo'ygan. Mag'lubiyatlar boshlanganida odamlar senga ishonmay boshlashadi. Ammo har o'yinda g'alaba qozonishning imkoni yo'q.

"Real" Zidan bilan futbol muxlislariga ko'p quvonchli daqiqalarni baxshida etgan. Men buni "Barselona"ning sobiq futbolchisi sifatida aytmoqdaman. U qatorasiga ikki marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan ilk murabbiydir. Bir necha oy oldin undan butun dunyo hayratlanayotgandi, u jamoasi bilan Superkubok bahsida "Barselona"ni ikki marta yenggandi. Nafaqat g'alabadan, balki u bunga erishganidan hayratlanishayotgandi.

Zidan "Real" uchun qilib qo'ygan ishlardan keyin uning ishdan bo'shatilishi haqida gapirish, hatto kulgilidir. G'alabali seriyalardan keyin jamoada pasayish bo'lishi tabiiyku? Ha, natija bo'lmayotganida, savollar paydo bo'ladi. Ammo u klubda juda katta muvaffaqiyatlarga erishib, o'z salohiyatini isbotlab bo'lganku?",
— deya Anrining so'zlarini keltirgan "Sky Sports".

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Terri Anri, Zinedin Zidan, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.