Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Evropa chempionlar ligasi. 1/8 finalga qachon qura tashlanadi?


Tunda chempionlar ligasida guruh bosqichining oxirgi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ko'pchilikda endi bitta savol bor: Keyingi bosqichga qura qachon tashlanadi?

Javob: 11 dekabr kuni SHveytsariyaning Non shahrida Evropa chempionlar ligasining 1/8 final uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Guruh g'oliblari ikkinchi o'rinni egallagan klublarga qarshi o'ynashadi. Bitta guruhdan chiqqan va bitta davlat sharafini himoya qilayotgan klublar bu bosqichda o'zaro to'qnash kelishmaydi.

1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari, javob bahslari esa 6-7 va 13-14 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda CHempionlar ligasi final uchrashuvi 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Chempionlar ligasi, Qura
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.