Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Bugun, CHempionlar ligasi yarim finalga qura tashlanadi


Evropa chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqan barcha jamoalar nomi malum bo'ldi.

Evropa chempinlar ligasi yarim final bosqichiga qura tashlash marosimi 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

"Real Madrid", "Bavariya", "Roma" va "Liverpul" klublari raqiblarini bilib oladi. Qurada istalgan jamoa istalgan jamoaga tushishi mumkin. Hech qanday cheklovlar yo'q.

Yarim finalning birinchi o'yinlari 24 va 25 aprel kunlari, javob bahslari esa 1 va 2 may kunlari bo'lib o'tadi.

Bugungi qura tashlash vaqtida finalda qaysi juftlik g'olibi rasmiy mezbon bo'lishiga ham oydinlik kiritiladi.

Final uchrashuvi 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: CHempionlar ligasi, Qura, yarim final
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.