Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eshitdik-da: "Ronaldu "Real"dan imkonsiz ishni talab qilayapti"


Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu "Real" bilan tuzgan shartnomasini uzaytirishni istamayapti. U bitimni tezroq bekor qilish maqsadida o'ziga belgilangan tovon pulini kamaytirishni ko'zlamoqda, deya xabar beradi El Chiringuito.

Nashr bergan xabarga ko'ra, "Real" Ronalduga yangi shartnoma taklif qilmagan, futbolchining o'zi ham yangi kelishuv imzolash uchun muzokaralar olib borishni istamayapti. Portugaliyalik futbolchining yuristlari futbolchi klubni tezroq tark etishi uchun "Real" bilan uning tovon pulini kamaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

"Real" prezidenti Florentino Peresning "Oltin to'p" topshirish marosimi vaqtida etiborini Neymarga qaratib, unga "Agar "Oltin to'p"ga ega chiqmoqchi bo'lsang, "Real"ga kel", deya yo'llagan murojaati Ronalduning nafsoniyatiga tekkan va u jamoani tark etish bo'yicha yakuniy qarorga kelgan.

32 yoshli Ronalduning "Real" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun to'lanadigan tovon puli miqdori esa milliard evroni tashkil qiladi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.