Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Mish-mish: "Ronaldu o'ziga boshqa klub izlashi mumkin"


"Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin.

Portugaliyaning "Diario Record" nashri berayotgan xabariga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan suhbatlashib, Ronaldu o'ziga boshqa klub izlashi mumkinligini aytgan.

Peres uning transfer narxiga oydinlik kiritmagan. Malumki, Ronalduning tovon puli 1 milliard evroga teng, biroq "Real" uni bu qiymatga sotishning iloji yo'qligini juda yaxshi tushunadi.

Avvalroq, "Real" Ronalduni "PSJ" klubiga berib, o'rniga Neymarni olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.Peresning muddaosi esa Neymarni qo'lga kiritish ekani hech kimga sir emas.

La Liganing joriy mavsumida, Ronalduning hisobida 14ta o'yinda urilgan 4ta gol bor.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.