Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kecha Madrid ramzi 70 yoshga to'ldi. "Santyago Bernabeu" haqida


Kecha 15-dekabr kuni Ispaniya grandi "Real" stadioni "Santyago Bernabeu" o'zining 70 yoshini qarshi oldi.

70 yil oldin (1947 yil) aynan 15-dekabr kuni ushbu arenaning ochilish marosimi bo'lib o'tgan.

1940 yillarning o'rtalarida "CHamartin" stadioni "Real"ga torlik qilib qoldi.
Kecha Madrid ramzi 70 yoshga to'ldi. "Santyago Bernabeu" haqida

1944 yilning 22 iyun kuni bank Santyago Bernabeu va Rafael Salgadoga eski arena oldidan er xarid qilish uchun kredit ajratdi. O'sha yilning 5 sentyabr kuni esa yangi stadionning maket va loyihalari taqdim etildi. 27 oktyabrda esa qurilish ishlari boshlandi. "Santyago Bernabeu" bor-yo'g'i 1,7 mln. evro evaziga barpo etilgan.
Kecha Madrid ramzi 70 yoshga to'ldi. "Santyago Bernabeu" haqida

1947 yilda ochilgan stadioning nomi "Nuevo CHamartin" ("Yangi CHamartin") edi. "Real" ushbu arenadagi ilk o'yinda Portugaliyaning "Belenensisha" klubini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Yangi inshootdagi ilk golni Sabino Barinaga urdi. Avvaliga ushbu stadion o'z bag'riga 75145 muxlisni sig'dira olardi. Hozir esa 81 mingdan ortiq futbol shinavandasi "Santyago Bernabeu"da sevimli jamoasining o'yinlarini bemalol tomosha qilishi mumkin. 1955 yilda "Nuevo CHamartin" stadioni nomi klub sobiq futbolchisi va prezidentiga atab "Santyago Bernabeu" deb o'zgartirildi.
Kecha Madrid ramzi 70 yoshga to'ldi. "Santyago Bernabeu" haqida

Hozirgacha ushbu arenada 8ta final o'tkazilgan va ularning 3tasida "Real" ishtirok etgan.

1957 — Evropa CHempionlari Kubogi finali («Real» — «Fiorentina» — 2:0)
1964 — Evropa chempionati finali (Ispaniya — SSSR — 2:1)
1969 — Evropa CHempionlari Kubogi finali («Milan» — «Ayaks» — 4:1)
1980 — Evropa CHempionlari Kubogi finali («Nottingem Forest» — «Gamburg» — 1:0)
1982 — Jahon chempionati finali (Italiya — FRG — 3:1)
1985 — UEFA Kubogi finali («Real» — «Videoton» — 1:0)
1986 — UEFA Kubogi finali («Real» — «Kyoln» — 5:1)

2010 — UEFA CHempionlar ligasi («Bavariya» — «Inter» — 0:2)


Kecha Madrid ramzi 70 yoshga to'ldi. "Santyago Bernabeu" haqida
Kecha Madrid ramzi 70 yoshga to'ldi. "Santyago Bernabeu" haqida

hala-madrid.uz - uchun maxsus.


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Santyago Bernabeu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.