Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

“Real” Beylning bir marta maydonga tushishi uchun qancha to‘laydi?


Madridning “Real” klubi yulduzi Garet Beylning yana jarohat olib, bir oyga maydonga tusholmasligi ma’lum bo‘lgach, "Qirollik klubi"ning sabr kosasi to‘ldi. Undan qutulish chorasini izlamoqda", deb yozadi Ispaniya nashrlari.

Katta ehtimol bilan Beyl qishdayoq boshqa klubga transfer qilinishi mumkin.

Ayni paytda buni istovchilar kundan-kunga ortmoqda. Ispaniyalik iqtisodchilar esa, Beylning "Real"ga keltirayotganini ziyonini hisoblab chiqishdi.

Garet Beylni o‘z tarkiblariga qo‘shib olish uchun Madrid klubi "Tottenxem"ga 100, 7 million yevro bergandi.

Futbolchi bundan tashqari, shu kungacha "Qirollik klubi"ni 68 million yevroga tushirdi. Chunki uning yillik maoshi 19 million yevro.

“Real Madrid”ning yillik sarf-xarajati 168, 7 million yevro. Garet “Real” libosida bor-yo‘g‘i 159 ta o‘yinda maydonga tushdi. Demak, har bir maydonga tushganiga Garet 1,06 million yevro ishlagan.

U shuncha uchrashuvda atigi 68ta gol urdi. Demak, har bir goliga 2,47 million yevrodan to‘langan.

Bunday kam foyda keltiruvchi, ammo ko‘p pul oluvchi futbolchi kimga ham kerak?

Ammo qishgi transfer oynasi ochilishi bilanoq, Beylni o‘z shogidlari qatorida ko‘rishni istovchi murabbiylar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ulardan biri esa “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bo‘lib turibdi.

Katta ehtimollarga ko‘ra, uelslik futbolchi qishda Ispaniyani tark etib, yana “tumanli albion”ga qaytadi.

Ma’lumot uchun, Garet Beyl 2013 yil Angliyaning “Tottenxem” klubidan 100 million yevro evaziga “Real”ga ko‘chib o‘tgandi.

“Real” Beylning bir marta maydonga tushishi uchun qancha to‘laydi?

Manba: www.std.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Garet Beyl
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.