Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eshitdik-da: "Garet Beyl "Real"dan ketmoqchi"


Angliyaning “Dailystar” nashrining xabariga ko‘ra, Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl Bernabeuni tark etib, “Manchester Yunayted” klubiga qo‘shilish istagida.

Xabarda aytilishicha, Beyl yozda “qizil iblislar” safiga o‘tishni istagan, lekin transfer narxining qimmatligi evaziga ushbu xarid amalga oshmay qolgan.

“Manchester Yunayted” Beylning transferi uchun 53 million funt taklif etgan, biroq madridliklar futbolchilari uchun 80 million yevro so‘rashgan.

Shuningdek, Beyl “Real”da Zinedin Zidan olib borayotgan siyosatdan noroziligi haqida ham xabarda yozilmoqda.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum 8 marta maydonga tushib, 3ta gol urgan.

Manba: www.tribuna.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Garet Beyl, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.