Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" - "Barselona": Ustunlik kim tomonda?


Ertaga Ispaniya primerosida barcha kutayotgan "el klasiko" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

SHu kunga qadar "Real" - "Barselona" jamoalari chempionat doirasida jami 174 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan.

O'tkazilgan o'yinlarning 72tasida "Real"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 69 bor "Barselona" g'alaba qozongan.

Qolgan 33 bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

To'plar nisbati ham "Real" foydasiga: 283-277.
"Real"ning "Barselona" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi: 8:2.

"Barselona"ning eng yirik g'alabasi: 7:2, 5:0.

Ayni paytda Ispaniya chempionatida "Barselona" 42 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.

"Real" esa 31 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 4-o'rinni band etib turibdi.

"Barselona" bilan o'rtadagi farq 11 ochko tashkil qilmoqda. Ammo Madridliklar hisobida 1ta qoldirilgan bahs mavjud.

Manba: hala-madrid.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Barselona
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.