Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

“Real” so'nggi 12 yildagi eng yomon natijani qayd etdi


Xabar berganimizdek, kecha tunda Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida o'z maydonida “Vilyarreal”ga (0:1) hisobida yutqazib qo'ygandi.

“Qirollik klubi” 18ta o'yindan so'ng 32 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Bu bilan Zinedin Zidan shogirdlari peshqadam “Barselona”dan 16 ochkoga ortda qolishyapti.

Ushbu ko'rsatkich “Real” tarixidagi so'nggi 12 yildagi eng yomon natija bo'lib turibdi. Madridliklar 2005/06-yilgi mavsumda 18-turdan so'ng 30 ochko to'plagandi. O'sha yilgi chempionatda “Barselona” “Real”ni 12 ochkoga ortda qoldirgan holda Ispaniya chempioni bo'lgan edi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Statistika
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.