Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (+ foto)


"Real" va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xitoyning Dongqiudi portali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi faoliyatida ikkinchi marta bu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Madridliklar yetakchisi "Leganes"ga (1:2) qarshi Ispaniya Kubogi bahsidan so‘ng, taqdirlash marosimiga bordi.

Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (+ foto)

Ronaldu tadbirga charm kurtka va ko‘kargan ko‘zi bilan tashrif buyurdi. Ma’lumki, "Deportivo"ga qarshi o‘yinda u raqib bilan to‘qnashib ketib, yuzi yorilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2017 yilda Ispaniya chempionati va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (+ foto)

Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (+ foto)

Shuningdek, 5-marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritib, FIFA va Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Manba: www.realmadrid.ru


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.