Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

“Barselona” – “Real” uchrashuvi boshlanishi vaqti malum bo'ldi


2017/18 yilgi mavsumning ikkinchi “el klassiko”si boshlanishi vaqti malum bo'ldi.

Sport.es nashrining xabariga ko'ra, La Liga 36-turidan o'rin olgan “Barselona”-“Real” bellashuvi 2018 yilning 6 may kuni o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, birinchi davrada mazkur jamoalar o'rtasida Madridda bo'lib o'tgan ilk o'yinda “Barsa” yirik 3:0 hisobida zafar quchgan.

Ayni paytda La Liga turnir jadvalida “Barselona” asosiy raqibidan bitta ko'p o'yin o'tkazgan holda ulardan 14 ochko ilgarilab ketgan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: El Klassiko, La Liga, Barselona, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.