Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Mavsumdagi ilk "El-Klassiko" sanasi tasdiqlandi


Ispaniya La Ligasi 10-turdan o'rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvining vaqti va sanasini tasdiqladi.

Liga prezidenti Xaver Tebasning Onda Cero radiosi efirida malum qilishicha, mavsumdagi ilk El-Klassiko 28 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:15 ga (Toshkent vaqti bilan soat 20:15) belgilangan.

Ikkinchi davrada ushbu jamoalar 26-tur doirasida Madridda uchrashishadi. Bu o'yin hozircha 2019 yil 3 martida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ushbu ikki klubning rasmiy doiralardagi o'zaro o'yinlari statistikasiga ko'ra, oktabr so'nggidagi bahs 272-klasiko bo'ladi. Hozirga qadar 112 o'yinda Kataloniya klubi g'alaba qozongan bo'lsa, 99 ta bahsda Madrid grandining qo'li baland kelgan. Yana 60 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Gollar nisbati – 472-445, "Barsa" foydasiga.

Eslatib o'tamiz, ispan grandlarining oxirgi uchrashuvi shu yilning may oyida bo'lib o'tgan va unda 2:2 hisobi qayd etilgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Barselona
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.