Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronalduning kelajagi borasida yangi malumotlar tarqaldi


Taniqli jurnalist Gilem Balage "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkinligi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Krishtianu Ronaldu va "Manchester Yunayted" haqida bitta joydan gap chiqsa, britan matbuoti darhol shov-shuv ko'taradi. Ular Ronaldu ketish istagida ekanini yozishmoqda. Aftidan "Real" ham uni qo'yib yuborishga tayyor bo'lib turibdi. Angliyadagi tahlillarda esa buni jamoalar xohlayapti deb emas, bu ishni qanday amalga oshirish mumkin deya muhokama qilishmoqda.

"Real" Ronaldu uchug "PSJ" va ingliz klublari ishtirokida kurashni yuzaga keltirishni istamoqda. Ammo haqiqiysi butunlay boshqacha bo'lishi mumkin.

"Yunayted" Ronaldu bo'yicha ehtiyotkor munosabatda bo'lmoqda. Ular portugaliyalik futbolchining 33 yoshga to'lishini va kamida 50 million evro sof yillik maosh so'rashini yaxshi tushunib turishibdi. Shuningdek "Real" ham uning transferi uchun 100 million evrodan kam talab qilmaydi. Bundan tashqari "Manchester Yunayted" futbolchi transferga qo'yilsa, unga bo'lgan qiziqish yo'qligini tasdiqlay olmaydi, sababi rahbariyat dunyoning eng yaxshi futbolchilarini sotib olishga vada berib qo'ygan.

"Manchester Yunayted" bir necha marotaba Krishtianuni qaytarish variantini ko'rib chiqdi, ammo so'nggi 9 yilda ilk marta endilikda "Real" va futbolchining o'zi qandaydir harakatni amalga oshirishi kerak", – deb yozgan Balage.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu, Gilem Balage
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.