Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Peres Ronalduning narxini oshirgani foyda bermadi


"Real" prezidenti Florentino Peres "Yuventus" uchun Krishtianu Ronalduning narxini oshirgandi.

Avvaliga "Real" ushbu futbolchisini 100 million evroga sotishga rozi edi.

Ammo La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Yuventus" Ronaldu uchun so'ralgan pulni berishga tayyor. Aniq raqamlar hozircha keltirilmagan.

Italiyadagi boshqa bir nashr - La Stampa xabariga ko'ra bu raqam - 130 million evroga teng.

Peres agent Mendesh bilan uchrashuv vaqtida Ronalduning narxi 100 million emas, 130-150 million evro bo'lishini aytgan. Shu bilan birga, agar Ronaldu ketish g'oyasi o'zidan chiqqani haqida hammaga rasman malum qilsa, uni arzonroqqa qo'yib yuborishlari mumkin.

Bundan avvalroq portugaliyalik 33 yoshli futbolchi turinliklar klubi rahbariyati bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgani, uning yangi klubdagi yillik maoshi miqdori 30 million evroni tashkil etishi haqida xabarlar berilgandi. Shuningdek, Jorje Mendesh ushbu transferdan 20-25 million evro ishlab olishni mo'ljallagan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.