Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ramos "Real" o'ldi deb o'ylaganlar adashganini eslatdi


"Real" sardori Serxio Ramos uning jamoasi hamisha har qanday raqib uchun xavf tug'dirishini eslatib o'tdi.

Ispaniyalik himoyachi bunday fikrlarini "Qaymoqranglilar" jamoasi Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida "PSJ"ga qarshi birinchi o'yindan keyin bildirgan. "Qirollik klubi" o'z maydonida kechgan uchrashuvda 3:1 hisobidagi g'alabaga erishdi.

"Bunday o'yinlar xotiralarda qoladi. "Real" javob o'yini oldidan muhim g'alabaga erishdi. Shunday jiddiy yondashuv bilan o'ynashda davom etish va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishishga harakat qilish kerak. O'ylaymanki, "Real" adolatli g'alabaga erishdi. Ammo kichik xato ham seni turnirdan tashqarida qoldirishi mumkin. Shu tufayli javob o'yinida ham biz kontsentratsiyani saqlagan holda diqqat bilan harakatlanamiz. Hech qachon "Real" tamom bo'ldi, deb o'ylamaslik kerak", — deya Ramosning so'zlarini keltirdi Marca.

Jamoalarning javob uchrashuvi 6 martga belgilangan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Serxio Ramos, PSJ, Chempionlar Ligasi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Dani Karvaxal | "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib uchrashuv o'tkazdi va (7.7 ball) bilan jamoa safidagi eng yaxshi futbolchi deb topdik.