Zidan: "G'alabaga erishgan bo'lsakda, to'psiz harakat qilishga qiynaldik"
- » Yangiliklar » Real Madrid
- 26-04-2018, 12:09
- 470
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar ligasining 1/2 finali doirasida "Bavariya"ga qarshi kechgan birinchi o'yindagi (2:1) g'alabaga izoh berdi.
"Natijadan juda xursandman. Garchi dastlabki bir necha daqiqada, o'yinni o'z nazoratimizga olishga harakat qilganimizda, qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lsakda. Tug'ri biz g'alaba qozondik, lekin hech narsa hal bo'lmadi. "Bavariya" ham "Bernabeu"da g'alaba qozonishi mumkin. Biroq, Myunxenda 2:1 hisobida g'alaba qozonganimizdan xursandmiz.
"Bavariya"ning goli bir necha o'yinchilar xatosi tufayli yuz berdi, bunda Navasning aybi yo'q. Ikkinchi bo'limda u ajoyib o'yin ko'rsatdi. G'alabaga qozondik, biroq to'psiz harakat qilishga qiynaldik. Riberi yaxshi o'yin o'tkazdi", - deya Zidanning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Manba: www.tribuna.uz

Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Bavariya
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish