Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu Parijda ham gol urmoqchi (+ statistika)


"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi nimchorak finalida "PSJ"ga qarshi kechgan bahsdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

O'z maydonida o'ynagan Zinedin Zidan shogirdlari uchrashuv so'nggida urilgan ikki gol evaziga 3:1 hisobida g'alaba qozondi, portugaliyalik futbolchi o'z nomiga dublni rasmiylashtirdi.

"Biz muhim g'alabaga erishdik. Jama bilan o'yinni yaxshi boshlagandik, ammo birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik. Lekin bu Chempionlar ligasi, "Real" bu turnirda katta tajribaga ega. Biz o'z futbolimizni namoyish qilishni istagandik. "Real" javob o'yini oldidan yaxshi ustunlikka ega. Biz "PSJ" — kuchli hujum chizig'iga ega xavfli raqib ekanini yaxshi bilamiz. Biz Parijda pressing uyushtirishimiz va to'pni ulardan olib qo'yishga urinishimiz kerak. Chorak final masalasi hali hal bo'lmadi, "Real" Parijda ham "PSJ"ni yengishi kerak. Biz o'zimizni xotirjam his qilishimiz uchun raqib maydonida ham gol urishimiz kerak", — deya Ronalduning so'zlaridan iqtibos keltirgan "Marca" nashri.

Qo'shimcha qiladigan bo'lsak, Ronaldu ushbu mavsumda ECHLda o'zining 10 va 11-gollarini urdi. Bundan tashqari u CHempionlar ligasida ketma-ket 8 uchrashuvdan buyon gol urib kelmoqda, shu tariqa, Ronaldu oxirgi 7 mavsumda CHempionlar ligasida 10 va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu borada dunyoda hech kim Ronaldu bilan tenglasha olmaydi.

Shuni ham aytib o'tishimiz joiz, portugaliyalik futbolchining klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirda kiritgan gollari soni 116 taga yetdi.

Yana bir qiziq ma'lumot, “Monako”, “Shaxtyor” kabi klublar butun tarixi davomida EChLda Ronaldudan ko‘p gol kirita olmagan va EChLda faqatgina 19 klub Ronaldudan ham ko‘p gol kiritgan xolos.

Ronaldu Parijda ham gol urmoqchi (+ statistika)

Eslatib o'tamiz, jamoalarning javob uchrashuvi 6 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu, PSJ, Chempionlar ligasi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.