Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"MYU" "Real"ni dog'da qoldirib ketmoqchi


"Manchester Yunayted" "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish uchun eng asosiy davogar, deb yozmoqda "Kicker" nashri.

Manba bergan xabarga ko'ra, hozirgi kunda mankunianliklar 29 yoshli polshalik hujumchi bilan rasmiy muzokara o'tkazayotgan yagona jamoa sanalishadi.

Qayd etilishicha, Levandovski fevraldan boshlab yangi agent Neymarning "Barselona"dan "PSJ"ga 222 million evro evaziga o'tishida ishtirok etganlardan biri Pini Zaxavi bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

"Qizil iblislar" Levandovskiga qiziqish bildirayotgan "Real" va "Chelsi"dan ildamroq harakat qilib, uni birinchi bo'lib qo'lga kiritishni istamoqda.

Levandovskining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan transfermarkt.de malumotlariga ko'ra, uning transfer narxi 80 million evroni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda futbolchi "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda jami 35 uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, 32 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Manchester Yunayted, Real Madrid, Robert Levandovski, Bavariya
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.