Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan "Real"ga yana bir vatandoshini olib kelmoqchi


"Qirollik klubi" "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsiyalga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning bergan xabarda aytilishicha, 2017/18 yilgi mavsum yakunlangach, madridliklar fransuz futbolchisi uchun 90 million evro taklif qilib ko'rishmoqchi. 21 yoshli futbolchining xizmatiga birinchi navbatda madridliklar ustozi Zinedin Zidan jiddiy qiziqish bildirgan.

Joriy mavsumda Marsiyal barcha musobaqalarda jami 19 uchrashuv o'tkazgan bo'lib, 7 gol va 4 golli uzatma muallifiga aylangan.

Eslatib o'tamiz, Marsiyal "qizil iblislar" safiga 2015 yilda "Monako" safidan kelib qo'shilgan. Ingliz klubi barcha bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda Marsiyal uchun 80 million evro to'lagan. Uning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2018/19 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Antoni Marsyal, Manchester Yunayted
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.