Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: "Buyuk jamoalar hech qachon taslim bo'lmaydi"


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o'rin olgan "Yuventus"ga qarshi javob bahsidan oldin, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz uchun hech narsa o'zgarmadi. Bu umuman boshqa o'yin, ilk bahsda biz g'alaba qozona oldik. Qarama-qarshilik taqdiri hal bo'lmadi, biz yana bir zo'r o'yinni o'tkazishimiz lozim.

Biz raqibni hurmat qilishimiz lozim, chunki buyuk jamoalar hech qachon engilmaydi. Agar dastlabki daqiqadan boshlab kuchli ishtiyoq bilan o'ynasak, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lamiz",
- deb Zidan so'zlarini keltirmoqda Football Italia.

"Real Madrid" va "Yuventus" o'rtasidagi bahs 11-aprel kuni soat 23:45da boshlanadi. Dastlabki bahsda madridliklar 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Zinedin Zidan, Real Madrid, Yuventus
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.