Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan "Al-Jazira"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini aytdi


Bugun, 13 dekabr kuni "Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

Soat 22:00da, "Qirollik klubi" musobaqa yarimfinalida BAAning "Al-Jazira" klubi bilan to'qnashadi. Bu o'yindan oldin, bosh murabbiy Zinedin Zidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu yil o'yinlar orasidagi vaqt tafovuti biroz qisqaroq, bu bizga yordam berishi mumkin. Biz bu jamoaga qarshi hech qachon o'ynamaganmiz, shu tufayli ham juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz shart.

Biz bu erda ikki kun mashg'ulot o'tkazdik, moslashdik va raqibning o'yini, futbolchilari va uslubini o'rgandik.

Bu oddiy o'yin bo'lmaydi, ammo faqat g'alaba va finalga chiqish haqida o'ylayapmiz",
- dedi Zidan.

Eslatib o'tamiz, agar "Real" finalga chiqsa Braziliyaning "Gremio" klubga qarshi bahs olib boradi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Zinedin Zidan, Real Madrid, JCH Klublar-2017
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.