Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kaka: "Real"da hamma mening ketishimni istagan edi"


"Real" va "Milan" klublarining sobiq hujumchisi Kaka "Qirollik klubi" ko‘rgan qiyinchiliklarini esladi.

"2009 yilda "Real" taklifini qabul qildim, ammo u yerda men butunlay sindim. Chunki ularga "Milan"ga bergan narsamni bera olmadim. Men o‘zimni yo‘otgan edim. Italiyada meni sevar edilar, Ispaniyada esa hamma ketishimni istar edi.

Joze Mourinyo men uchun oddiy murabbiy bo‘lmagan. O‘zaro hurmatimiz bor edi, ammo munosabatlarimiz u qadar emasdi. Men undan har doim imkoniyat berishini kutib yashadim, ammo bunday bo‘lavermadi. Men ko‘p mashq qilardim, iltijo qilardim. Ammo u menga ishonmasligini anglagach, u bilan ishlay olmayman deb o‘yladim.

"Real"dan ketganimdan so‘ng "Milan"ga qaytganimdan baxtiyor bo‘ldim. Mourinyo men haqimda "men ko‘rgan eng profesional o‘yinchilardan biri" deb atagan edi",
- deydi Kaka.

Manba: www.stadion.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Kaka, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.