Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

FIFA butunlay yangicha musobaqa tashkil qiladi


FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot bayrog'i ostida o'tadigan ikkita turnirdagi o'zgarishlar borasida gapirib o'tdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Infantino barcha Konfederatsiyalarni 2021 yilda bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi o'tkazilmasligi haqida ogohlantirgan, uning o'rniga endilikda klublar o'rtasidagi jahon chempionati tashkil qilinadi.

Turnir 18 kun davomida, to'rt yilda bir marta tashkil qilinadi. Oldinroq, unda 24 jamoa (8ta guruhda uchtadan jamoa) ishtirok etishi malum qilingandi.

Bunday o'zgarishlarga sabab sifatida ayni vaqtda klublar o'rtasidagi JCH sportnuqqtai nazaridan ham, moliyaviy jihatdan ham etiborni jalb qila olmayotgani sabab qilib ko'rsatilgan. Bundan tashqari bir qator investorlar FIFA tashkil qiladigan yangi musobaqa uchun 2021 yildan 2033 yilga qadar 25 milliard dollar mablag' ajratishni rejalashtirmoqda.

UEFA va KONKAKAF mintaqasi vakillari o'zlari uchun yangi millatlar ligasi turniriga asos solgan bo'lsada, FIFA ushbu mintaqalar ham bu turnir o'tishiga rozilik bildirishiga ishonmoqda.

natijada Rossiyada 2017 yilda bo'lib o'tgan , Konfederatsiyalar kubogi futbol tarixida so'nggisi bo'lib qoladi va uning so'nggi g'olibi sifatida Germaniya terma jamoasi etirof etiladi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: FIFA
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.