Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

“Barselona” “Deportivo”ni mag'lub etsa, “Real”ga qarshi bahsni chempion sifatida boshlaydi


Ispaniya chempionatining 33-turida “Real Sosedad” “Atletiko”ni mag'lub (3:0) etdi.

Natijada chempionat yakunlanishiga besh tur qolganida “Barselona” eng yaqin taqibchisi “Atletiko”dan 12 ochko, “Real”dan 15 ochko ilgarilab ketgan.

Kataloniya klubi joriy mavsumda chempionlikka erishish uchun qolgan uchrashuvlarda atigi uch ochko to'plasa kifoya. Sababi Messi jamoadoshlari o'zaro o'yinlarda “Atletiko”dan (1:0, 1:1) ustunlikka egalar.

“Barselona” 35- turda safarda “Deportivo”ni mag'lub etsa (“Sevilya”ga qarshi o'tkaziladigan 34-tur uchrashuvi 9 may kuniga qoldirilgan), kataloniyaliklar 36-turda “Real”ga qarshi bahsni chempion sifatida boshlashadi. Madrid klubi sal ilgariroq “chempionlik koridori” tashkil etmaslik haqida bayonot bergandi.

Takidlab o'tish joizki, “Barselona” joriy mavsumda Pirmeroni mag'lubiyatsiz o'tkazmoqda (25 ta g'alaba, 8 ta durang).

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, La Liga, Barselona, Atletiko
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.