Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Xames: "Hamma penalti borligini aytdi"


"Bavariya" azosi Xames Rodriges ECHL yarim finali javob o'yinida "Real"ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng (2:2) fikrlari bilan bo'lishdi.

Jarima maydoni ichida Marseloning qo'liga to'p tekkani haqida

"Men ko'rmadim, uzoqda edim. Hamma penalti borligini aytdi. Biroq omadsizlikda hech kimni ayblamaslik kerak.

O'yin haqida

Yaxshi o'ynadik, ammo bu safar finalga chiqa olmadik. "Real" u erga yo'l ola bildi -— demak, jamoa hammasini to'g'ri bajargan.

Ulrayxning xatosi haqida

Uni ayblash kerakmas. Birinchi o'yinda ham, bugungisida ham xatolarga yo'l qo'ydik. biroq futbolda oldindan hech narsani ko'rib bo'lmaydi.

"Santyago Bernabeu"dagi muhit haqida

Golni nishonlamadim, chunki "Real"da bir necha yil to'p surganman va baxtiyor bo'lganman. Olqishlaganlariga xursandman. Demak, "Real"da yaxshi ishlarni bajarganman. Muxlislarga rahmat!


Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Bavariya, Xames Rodriges
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.