Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Jerrard: "Finalga "Bavariya" emas, "Real" chiqqanidan xursandman"


"Liverpul" o'smirlar jamoasi bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Liverpul"ning "Real Madrid"ga qarshi ehtimoliy o'yini haqida fikr bildirdi.

"Men finalga "Bavariya" emas, "Real" chiqqanidan xursandman. Ular qatorasiga 3 yil Chempionlar Ligasi finaliga chiqib, ajoyib natijaga erishishdi, biroq "Liverpul" ularning kuchsiz tomonlarini topa oladi. Ikki o'yinda ham "Bavariya" ustunlikka erishib, ko'proq golli vaziyatlar yaratdi. "Real" himoyasida katta muammolar bor edi",dedi Jerrard.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bugun, 2 may kuni safarda "Roma"ga qarshi javob o'yinini o'tkazadi. Jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 5:2 hisobida "Liverpul" foydasiga hal bo'lgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Stiven Jerrard, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.