Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

EChL. "Real" finalga chiqish borasida "Milan" va "Yuventus" rekordini yangiladi


Chempionlar Ligasi 1/2 finalining javob o'yinida "Real Madrid" o'z maydonida "Bavariya" bilan durang o'ynab (2:2), ikki o'yin natijasiga ko'ra final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Madridliklar musobaqa Chempionlar Ligasi bo'lganidan buyon 7 marotaba finalga chiqishdi. Jamoa bu borada 6 martadan finalga chiqqan "Milan" hamda "Yuventus"ning rekordini yangiladi.

"Real" finalda "Liverpul" hamda "Roma" o'yini g'olibi bilan o'ynaydi. Ushbu juftlikning dastlabki o'yini 5:2 hisobida "Liverpul" foydasiga hal bo'lgan edi. Javob o'yini 2 may kuni Rimda bo'lib o'tadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Rekord, Chempionlar ligasi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.