Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" chempionlar yo'lakchasi yaratadimi? Zidan javob berdi


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi uchrashuvda uning futbolchilari raqibga chempionlik yo'lakchasi yaratishi borasida javob berdi.

"Nega ularga chempionlar yo'lakchasini yaratmaymiz? Buni men hal qilmayman. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng, chempionlar yo'lakchasi borasidagi savol ularni ko'p ham qiziqtirmagan edi.

Kimdir ular bu turnirda ishtirok etmagan dedi, ammo bu yolg'on. Klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etish uchun CHempionlar ligasida g'olib bo'lish lozim, biz esa hammamiz ushbu turnirda qatnashamiz.

Bu muammoni men hal qilmayman. SHunchaki ular bu ishni bajarishmadi. Raqibga bo'lgan hurmatni saqlagan holda shuni aytishim mumkinki, "Barselona" yo'lakcha yaratmadimi, biz ham shunday qilamiz.

Eng muhimi "Barselona"ning chempionatdagi muvaffaqiyatini hurmat qilamiz, chempionatdagi g'alaba eng ajoyib va qiyin muvaffaqiyat. Bunday bo'lgani mening aybim.

Agar "Barselona" biz uchun chempionlar yo'lakchasini tashkil etganida, biz ham shunday qilgan bo'lar edik",
- deydi Zidan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Zinedin Zidan, Real Madrid, Barselona
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.