Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Barselona" sobiq prezidenti: "Zidan chempionlik yo'lakchasini tashkillashtirmay, to'g'ri qildi"


"Barselona" sobiq prezidenti Joan Gaspar "Real"ning kataloniyaliklar uchun chempionlik yo'lakchasi tashkil etishni rad etgani borasida fikr bildirdi.

"Zidan to'g'ri qildi, "Barselona" klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng "Real"ga yo'lakcha tashkil qilmagan edi. Bir xatoni ikkinchisi bilan yashirib bo'lmaydi.

Bugun bu yo'lakchani sharmandalik deb hisoblashadi, ammo uni g'olib jamoani tabriklash va hurmat bildirish uchun o'ylab topishgan edi.

Madrid o'z atrofida gap-so'zlar yaratishni biladi. Eng asosiysi - "Barsa" chempion.

Ikki tomon ham yo'lakcha tashkil qilganini ko'rganman. Zidan bundan bosh tortgan deyayotganlarga qo'shilmayman. "Real" murabbiyni ayblashga qaror qildi",
- deydi Gaspar.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Joan Gaspar, Barselona, Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.