Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Gari Nevill "Real"ni CHempionlar ligasida g'olib bo'lishini xohlaydi


"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda televidenieda ekspert bo'lib ishlayotgan Gari Nevill "Real" va "Liverpul" o'rtasida kechadigan Evropa Chempionlar ligasi finali borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kelinglar shunga umid qilamiz, "Manchester Yunayted" Angliya Kubogida g'alaba qozonsin, bizning do'stimiz Krishtianu Ronaldu esa Chempionlar ligasi finalida ajoyib het-trik muallifiga aylansin. "Liverpul" ajoyib o'yinlar ko'rsatdi, ular finalgacha etib kelishdi. Ammo men ular g'olib bo'lganini ko'rishni istamayman",deya Nevillning so'zlarini keltirgan "Daily Mail" nashri.

"Real" hamda "Liverpul" o'rtasidagi CHempionlar ligasi finali 26 may kuni Kievda joylashgan, "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Gari Nevill, Real Madrid, Liverpul
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.