Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Saloh: EChL finali Ronaldu - Saloh qarama-qarshiligiga aylanmaydi


“Liverpul” klubi forvardi Muhammad Saloh “Real”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi final bahsi haqida o‘zfikrlarini bildirib o‘tdi.

“Chempionlar ligasi finali Ronaldu – Saloh qarama-qarshiligiga aylanmaydi. Men ajoyib jamoada o‘ynayman, tarkibimizda kuchli futbolchilar ko‘p.

Finalga chiqishimiz bu jamoaviy mexnatlarimizning maxsulidir.

Men bir o‘zim hech narsani hal qila olmayman, futbol – bu jamoaviy sport turi. Biz gol urdikmi, demak butun jamoayaxshi o‘ynadi.

Agar biz gol o‘tkazib yubordikmi, demak o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashimiz lozim”, -deydi misrlik to‘purar.

Eslatib o‘tamiz, “Real” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 26 may kuni Kievda bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.Sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Muhamed Saloh, Kirishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.