Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Marselo: "Biz uchrashuvga tayyormiz, ammo.."


"Real Madrid" himoyachisi Marselo Zinedin Zidan bilan birgalikda press-konferensiyada qatnashdi.

"Bizning motivatsiya kundan kunga o'sish, mashg'ulot o'tash, maydonga chiqish va futbol o'ynash. Motivatsiya sovrinlarga bo'lgan "ochko'zlik". Va biz har bir daqiqalarda g'alaba qozonish istagi bilan yonamiz.

Ikkala jamoa ham ajoyib tarzda hujumga o'tadi. Biz uchrashuvga tayyormiz, ammo bu final va hammasi o'zgacha bo'lishi mumkin. Umid qilamanki, biz muxlislarga ajoyib spektakl uyushitirib beramiz.

Ko'p odamlar bu haqida gapirishadi. Men o'z ishimdan juda ham qoniqyapman va murabbiyning ish faoliyati bilan ham. Men hech narsani isbotlashga harakat qilmayman va boshqalarining ishi ham meni qiziqtirmaydi.

Men ushbu o'yinda qanday harakat qilishni bilaman. Shuni esda saqlash muhim, "Liverpul" - ajoyib jamoa, yaxshi o'yin ko'rsatadi va biz faqat 2 yoki 3 futbolchi haqida o'ylamasligimiz kerak",
- deydi Marselo.

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Marselo, Liverpul
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.