Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Desham Zidanning kelajagi bo'yicha fikrini aytdi


Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham vatandoshi Zinedin Zidanning "Real"ni tark etishiga izoh berdi.

"Zidanga terma jamoa kalitini topshirishdan faxrlanamanmi? Menda hech qanday kalit yo'q. Hammasi federatsiya rahbariga bog'liq. Zidan qanday qarorga kelganini bilmayman, menimcha u oilasi bilan dam olmoqchi. Kelajakda u Fransiya terma jamoasini boshqaradi, qachonligini bilmayman. Ammo mantiqan shunday bo'ladi.

So'nggi uch yilda u fantastik natijalarga erishdi. U "Real"ni tark etishga o'zi qaror qildi, buni hurmat qilish lozim. U cho'qqiga chiqib, keyin ketishni istadi. Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz va hurmat qilamiz",
- deb Desham so'zlarini keltirmoqda "Goal" nashri.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Dide Desham, Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.