Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: Men "Bavariya"dan qo'rqmayman, meni ko'proq nima qilishimiz xavotirga solmoqda.


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasining chorak finalidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi kechadigan o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Men "Bavariya"dan qo'rqmayman, meni ko'proq nima qilishimiz xavotirga solmoqda. Biz har 3 kunda maydonga tushib yaxshi ish qilishimizni ko'rsatishimiz kerak. Bizning reja - o'z o'yinimizda o'ynash, bor kuch bilan harakat qilish va g'alaba qozonishga urinish. Bizning majburiyatimiz - doim borini berib o'ynash".

"Biz yaxshi start bilan o'yinni boshlashimiz kerak, biz shunchaki ertangi o'yinga diqqatimizni qaratganmiz va uni yutish uchun borimizni berib harakat qilamiz. Bu 3 yil oldingi o'yinga qaraganda butunlay boshqa. Biz o'yinni kuchli boshlaydigan "Bavariya"ga qarshi maydonga tushamiz, ular doim shunday qilishadi va ustiga-ustak uylarida. Ular o'yinni qanday boshqarishni bilishadi va ular doim raqiblariga qaraganda ko'proq jadallik bilan harakat qilishadi. Qarshimizda ajoyib jamoa bor, lekin oxir-oqibatda men nima qilishimiz to'g'risida bezovta bo'ldim. Biz kuchlimiz va yaxshi muvozanatli jamoamiz".

Anchelotti

"Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz, lekin bu hech nimani anglatmaydi, bu ustunlik yoki kamchilik emas. Bu ikki yaxshi jamoa bir-biriga qarshi o'ynashadi va bu unda bor bo'lgan holat. Biz ertaga kechqurun Karloga qarshi saf tortmaymiz. Men undan ko'p narsani o'zgarganman".

BBC uchun maqtov

"Ular juda tajribali futbolchilar va futbolchi qancha kuchli bo'lsa, shuncha ko'p tanqidlarni o'zingizga tortasiz. Menda katta xarakterga ega 3 ta bor va ular tanqiddan qo'rqishmaydi, umuman aksi. Bu ular rohatlanadigan o'yindir. Ispaniyada odamlar futbol haqida yaxshi bilishadi va klubimizdagi futbolchilarni bilishadi. Ular futbolchilarni qanchalik iste'dodli ekanini tan olishadi, Ispaniyadan tashqaridagi tomoshabinlarda ham shu holat bo'ladi".

"Beyl eng yaxshi holatida bo'lishga yaqin, deb o'ylayman. Uni safdan chiqishi juda uzoq davom etdi va u kundan-kunga kuchaymoqda. Men umid qilamanki, ertaga u o'zini eng yaxshi tomonlarini ko'rsatadi. Ertangi o'yin u uchun juda muhim".

Kroos uchun maqtov

"U Pepeni jarohatidan xafa, lekin bunday hodisalar bo'lib turadi. Biz uni biz uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini bilamiz va u to'p bilan va taktik jihatdan juda aqlli. U doim maydonda o'zini qayerga qo'yishni biladi va u to'p bilan o'zini juda qulay his qiladi".

"Ramos tomonda bo'ladigan xabarlar butun mavsum davomida muhim sanaladi, u tug'ma yetakchi va u buni har o'yinda ko'rsatadi. Biz hammamiz shunday o'yinlarda ishtirok etish uchun futboldamiz. Ertaga Levandovski maydonga tushsa 100 foiz tayyor bo'lishiga shubha qilmayman. Serxio aqlli va pozitiv bo'lishi kerak. Biz uni ogohlantirish olishini kutmayapmiz".

O'zini murabbiy sifatida shaxsi haqida

"Har bir odamda o'zini shaxsi bor va bu yo'lda men borman, men ishim o'zimga yoqishini ko'rsatishga harakat qilaman. Biz chorak finalda "Bavariya"ga qarshi o'ynaymiz va men pozitivman va xursandman. Qachonki xushtak chalinsa, men o'yinga to'liq diqqatimni qarataman, xuddi barchamiz kabi, lekin o'yin ertaga va men xotirjamman".

Levandovskini o'yinni o'tkazib yuborishi ehtimoli haqida

"Biz o'yinga xuddi u o'ynashga tayyor, deb o'ylagan holda tayyorlandik, agar u o'ynamasa ham, "Bavariya"da har bir nuqta uchun ajoyib o'yinchilar bor. Agar unda imkoniyat bo'lmasa, uni o'rnida o'ynaydigan futbolchi ham yaxshi o'ynaydi".

Karvahal va Koentrao

"Fabio jamoaga jalb qilingani ertag maydonda o'ynay olishini bildiradi. Varan va Pepe kamida 3 hafta o'tkazib yuboradi, lekin biz yordam bera olmaymiz. Karvahal a'lo darajada, lekin biz uni bugungi mashg'ulotda o'zini qanday his qilishini ko'ramiz. Bu muammo mushak bilan bog'liq va biz kuzatamiz".

Kazemiro markaziy himoyada

"Umid qilamanki, biz uni himoyaga qo'yishimiz kerak emas. Men safda umumiy bor bo'lgan 2 ta markaziy himoyachiga ishonaman".

Riberi

"U terma jamoaga juda yosh vaqtida kelgan. U doim atrofdagilarga hazil qiladi, 2-kundan boshlab menga narsalar otardi.

Manba: www.merengues.ru


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.