Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: Agar biz Xixondan qanchadir ochko bilan ketishni xohlasak, yana bitta ajoyib o'yin yaratishimiz kerak.


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 32-turidan o'rin olgan "Sporting Xixon"ga qarshi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ular xavfli raqiblar, chunki ular - Primera divizioni jamoasi. Balki ular butun mavsum davomida kurashib kelgan jamoadir, lekin har qanday o'yinda ular sizga muammo yaratishga qodir. Biz bu o'yinni juda muhimligini bilamiz. Agar biz Xixondan qanchadir ochko bilan ketishni xohlasak, yana bitta ajoyib o'yin yaratishimiz kerak.

"Beyl ertaga o'ynamaydi, Biz uni jarohati qandayligini ko'rishimiz kerak. Biz undagi rivojlanish jarayonini har kuni kuzatamiz va biz uni seshanba kungacha tiklanadimi yoki yo'q, buni kuzatamiz. Umid qilamanki, u yaqin vaqtlar ichida biz bilan bo'ladi. Uni boldir mushagida qandaydir shishish bor, bu mushak muammosi, shu joyida u jarrohlik amaliyotini o'tkazgan. Men bundan xavotirga tushayapman, chunki men o'yinchilarni jarohatlangan holatda ko'rishni xohlamayman, ayniqsa ishlash kerak bo'lgan vaqtda. U 3 oyni qanday o'tkazganidan so'ng hayajonlandi, lekin u bu muammo jiddiy emasligini biladi, bu shunchaki omadsizlik".

Ronaldu

"Biz Krishtianuni mavsum oxirida o'zidagi bor kuchi bilan harakat qilishi haqidagi aytgan gapidan xursand bo'lishimiz kerak. U ajoyib, aytgan gaplariga juda mos holatda va kamchilik futbolchilar yevrokuboklarda 100 ta gol urishni uddalashadi".


Benzema

"U yaxshi holatda. U mavsum oxiri har 3 kunda yaxshi holatda o'ynaydigan paytga qanday holatda kelishni biladi".

Golli seriya haqida

"Eng asosiysi, bizda o'zgacha sifatlarga ega bo'lgan futbolchilar bor. Biz ham murabbiylar, ham futbolchilar doim ko'prog'iga intilishimiz - bu haqiqat, bizda doim ko'p imkoniyat va gollar bo'ladi, lekin men tarkibda ko'p sifatlar borligiga va futbolchilarni barchasi gol urishga qodirligiga ishonaman, siz buni har bir o'yinda ko'rishingiz mumkin. Bu barchasi biz mashg'ulotlarda shu jihat ustida ishlashimizdan bo'ladi. Biz qancha ko'p ishlasak, biz uchun rekordlarga erishish shuncha oson bo'ladi".

"Men futbolchilar tomonidan bajarilgan har kungi ishdan mamnunman. Bugun mashg'ulotda men tarkibni haqiqatdan ham yaxshi ko'rdim va futbolchilar diqqatini jamlab olishgandi. Bu 45-50 daqiqali juda yuqori jadallik ostida o'tgan mashg'ulot bo'ldi, hamda futbolchilarning hammasi shunday ishlashdi. Menda juda professional futbolchilar guruhi bor va menga ular bilan har kuni ishlash yoqadi".


Himoya

"Bizda ba'zi muammolar bor, chunki bizda jarohatlangan o'yinchilar bor, lekin tarkibga kirishga tayyor boshqa futbolchilar ham bor. Biz Xixonga bisotimizda bor o'yinchilar bilan boramiz va umid qilamanki, boshqa hech kim jarohat olmaydi".

Katta raqiblarga qarshi o'yinda g'alabalar haqida

"Men bu jihatni klubni DNKsida bor, deb o'ylayman va bu "Real Madrid" tarixini bir bo'lagi. Biz bilamiz, vaziyat qancha og'ir bo'lsa, shuncha majburiyatlarimiz yuqori darajada bo'ladi. Futbolchilar kundan-kunga buni ko'rsatadigan birinchi insonlar bo'ladi va bu klubni shaxsiyatini bir qismi. Mana nimaga biz shunday muhim o'yinlar mavsum oxirida kelganida xursand bo'lamiz".

Asensio

"U tayyor. U 10 yoki 90, xatto 1 daqiqa o'ynashga ham tayyor. U diqqatini yaxshilab jamlab olgan va u pozitiv. Men Markoga va barcha futbolchilarga qarayman. Ularni barchasi yaxshi shug'ullanayapti, diqqatini jamlab olishgan va o'yinda biz haqiqatdan ham shunday holatdaligimizni ko'rsatishimiz kerak".

Koentrao

"U ertaga biz bilan bo'ladi. U qiyin davrda borini beradi, lekin unda hammasi joyida va ertaga u biz bilan bo'lish imkoniyatini oladi. Biz ertaga uni o'yinda ishtirok etishini ko'rib chiqishimiz kerak. U tarkibda, chunki u juda yaxshi shug'ullanmoqda va unda hech qanday ko'ngilxiralik yoki boshqasi yo'q".

Dortmunddagi qo'poruvchilik harakati haqida

"Muammo shundaki, bu oddiy muammo emas. Men bu borada o'z fikrimni aytadigan holatda emasman. Ular uchrashuvni o'tkazish qarorini qabul qilishdi va hammani o'z fikriga ega bo'lish huquqi bor. Men o'ylaymanki, o'yin xavfsizlik nazorat ostida bo'lgani uchun o'tkazildi".

Manba: www.merengues.ru


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.