Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" Ronalduning maoshini oshirishga tayyor


Madridning "Real" klubi rahbariyati Krishtianu Ronalduni jamoada saqlab qolishga harakatlarini davom ettirmoqda.

"Cadena Cope" nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi uchun yiliga 25 mln evro miqdorida maosh taklif qilingan. Ronaldu yana 7,5 mln evroni turli bonuslar sifatida (Chempionlar ligasi g'olibligi, chempionat va Ispaniya Kubogidagi g'alaba, «Oltin to'p» va FIFA talqiniga ko'ra eng yaxshi futbolchi bo'lish) qo'lga kiritishi mumkin.

Qayd etilishicha, Lionel Messi va Neymarning yillik maoshi miqdori ham 32,5 mln evro atrofida va Ronaldu ham ular bilan tenglashib oladi.

Bundan oldinroq "Real" Ronalduni 200 mln evroga sotisha tayyor ekani haqida xabarlar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.