Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Azarning otasi o'g'lining xizmatini «Real»ga taklif qilgan


Ikki yildan so'ng, erkin agentga aylanadigan «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar «Real»ga o'tishni istayapti.

Marca xabariga ko'ra, Belgiya terma jamoasiyarimhimoyachisining otasi Terri Azar Madrid klubi bilan muzokara o'tkazib, o'g'lining xizmatini taklif qilgan.

Bu Chempionlar Ligasi finalidan bir necha kun oldin yuz bergan.

Katta Azar «Real»ga o'g'lining «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortganini aytgan. Buning sababi sifatida, klubning Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritolmaganini ko'rsatgan.

Ayni paytda, «Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymar transferi haqida o'ylayapt.Agar bu ish amalga oshmasa, madridliklar etiborini Azarga qaratishi mumkin. Futbolchining transferi 120 million evroga baholanyapti.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Transfer, Eden Azar, Chelsi, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.