Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Mourinyo: "Real"ga qarshi o‘yinda "MYU" oxirgi 15 daqiqa turib berolmaydi, deb o‘ylagandim"


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Halqaro chempionlar kubogi doirasida "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirdi

Uchrashuvda manchesterliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondilar

"Bu o‘yindan yangi narsalar olmadim. Ererra, Mata va Sanchesning nimalarga qodirligini yaxshi bilaman.

Yosh o‘yinchilarimiz rivojlanib, o‘sishlari uchun vaqt kerakligini bilaman, shuning uchun o‘yin oxirida ularga ishon bildirdik. To‘g‘risini aytsam, oxirgi 15 daqiqada turib berolmaymiz, deb o‘ylagandim. Chunki, "Real"da Isko, Asensio va Kroos maydonga tushdilar. Biz uddaladik.

APLdagi birinchi ikki hafta bizga juda qiyin bo‘ladi, chunki futbolchilarimizning tiklanishlari uchun vaqt juda kam bo‘ldi",
- deydi Mourinyo.

Manba: www.std.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Joze Mourinyo, Manchester Yunayted, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.