Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" ustozi bir qator chiziqlarni kuchaytirish niyatida


“Real” Madrid bosh murabbiyi Xulen Lopetegi klub rahbariyatidan joriy “transfer oynasi” vaqtida yanada tarkibni kuchaytirish uchun bir qator futbolchilarni sotib olishni iltimos qildi.

Murabbiyga markaziy himoyachi, hujumi va “CHelsi”ga ijaraga jo'natilgan Mateo Kovachichni o'rnini bosadigan futbolchi kerak.

Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda. Jamoa himoyachisi Xesus Valexo jarohat olgan va 4-6 hafta mobaynida maydonga tusha olmaydi. Futbolchi jarohatdan qaytgach, murabbiy 21 yoshli futbolchini ijaraga bermoqchi. Lopetegi shuningdek, 21 yoshli hujumchi Borxo Mayoralga ishonch bildirmoqchi, ammo jamoa uchun yana bir hujumchi zarur deb hisoblaydi.

Ilgariroq, “Real” “Bavariya” yarim himoyachisi Tiago Alkantara va “Yuventus” azosi Miralim Pyanichga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Xulen Lopetegi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.