Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Anchelotti: Lewandowskida hammasi joyida


"Bavariya" ustozi Karlo Anchelotti "Real"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatanshdi.

Uchrashuvdagi imkoniyat haqida:

"Bizning imkoniyat o'tgan haftaga qaraganda past, lekin hali hamon bor. Madridda ikki yil o'tkazdim va bu yerda unitlmas voqealar tajribamda qolgan."

Futbolchilar holati haqida:

"Bugungi mashg'ulotlarda Boateng va Xummels qatnashgani biz uchun muhim. Ikkalasi ham kecha individual tarzda shug'ullanishdi. Va test tariqasida to'p bilan shug'ullandi. O'ylashimcha, ularda maydonga tushish uchun yaxshgina imkoniyat bor. Lewandowskida hammasi joyida. U barcha mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Ochiqchasiga aytaman, Robertning yordami bizga kerak, lekin o'yin strategiyasini o'zgartirmoqchi emasmiz."

Tarkib haqida:

"Ertaga Kimmix o'ynashi mumkin, agar Boateng yoki Xummels uchrashuvga tayyor bo'lmasa."

Standartlar haqida:

"Biz butun mavsum davomida standartlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bu "Real"ning va Ramosning asosiy "ko'ziri".

Natija haqida:

"Men hisobni qanday bo'lishini bilmayman. Eng asosiy - birinchi bo'lib gol urib olish. Agarda "Real" ursa ham bu muhim ahamiyat kasb etmaydi, bizning vazifa 2 ta gol kiritish."

Manba: www.merengues.ru


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.